Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 285-sonli qarori

yuridik shaxslar faoliyatida oʼtkaziladigan tekshirishlar Nizomi
yuridik shaxslar faoliyatida oʼtkaziladigan tekshirishlar Nizomi

2016 yil 1 yanvardan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida doimiy foydalanishga maydoni 1 gektargacha va 1 gektar boʼlgan yer uchastkalari faqat tanlov asosida beriladi.

Bu borada Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 oktyabrdagi 285-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan “Yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga tanlov asosida yer uchastkalari berish tartibi toʼgʼrisida” gi Nizom tasdiqlandi.
Hukumat qarori talabiga muvofiq mahalliy hokimliklar “Ergeodezkadastr” davlat qoʼmitasi xududiy idoralari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan yerlar monitoringini puxta tahlil qilish natijalariga koʼra foydalanilmayotgan yerlarni aniqlab, keyinchalik ularni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov asosida beriladigan yer uchastkalari roʼyxatiga kiritadi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov asosida beriladigan yer uchastkalarining roʼyxatini oʼz vaqtida shakllantirish ishlari Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan taʼminlanadi.