Bo’sh ish o’rinlari

Ishga qabul qilish tartibi va yaratiladigan sharoitlar

Nomzod to’g’risidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda o’rganib chiqilgandan so’ng, qo’yiladigan talablarga javob beradigan nomzod boshqarmaga birlamchi suxbat uchun taklif qilinadi. Farg’ona viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi sho’ba boshliqlari bilan bo’lgan suxbatdan muvaffaqiyat bilan o’tgan nomzod boshqarma boshlig’i bilan shaxsan suhbatdan o’tadi.

Tanlov va suhbatlardan muvaffaqiyat bilan o’tgan nomzod bilan mehnat shartnomasi tuziladi va ushbu haqida Farg’ona viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig’ining tegishli buyrug’i chiqadi. Nomzodning qo’yilgan talablarga munosibligi va malakasidan kelib chiqqan holda, boshqarma boshlig’i tomonidan 1 oylik yoki 3 oylik sinov muddati belgilanadi.

Sinov muddati bilan ishga qabul qilingan xodimga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun barcha qulayliklar yaratiladi, ya’ni ish joyi, ichki va tashqi aloqa uchun telefonlar, kompyuter va boshqa texnika vositalarisi, lokal va korporativ aloqa, elektron pochta xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, kantselyariya jihohlari va boshqa zarur xujjatlar.

Sinov muddati bilan ishga qabul qilingan xodimni ijtimoiy muhofazasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi, uning manfaatlari kasaba uyushmasi tomonidan himoya qilinadi.

Bo’sh lavozimlar bo’yicha e’lonlar ushbu bo’limga joylashtiriladi.
Bo’sh joylar bo’yicha nomzodlar o’zlari to’g’risidagi ma’lumotlarni quyidagi manzilga yuborishlari mumkin:

Elektron pochta manzili: xodimlar@fargonakadastr.uz ,

pochta manzili: 150105, Fargona sh., Al-farg’oniy ko’chasi 73-uy.

Nomzodlarda o’zlari to’g’risida belgilangan shakldagi ma’lumotnoma (Ob’ektivka) bo’lishi kerak.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefonlar orqali murojaat etish mumkin:

Tel: +99873-244-78-33, Fax: +99873-244-71-04