
Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer munosabatlarini tartibga solish, yer tuzishni va yerlarning bazaviy va davriy monitoringini yuritish bo’yicha yagona davlat siyosatining amalga oshirilishni ta’minlash;
Tuproq unumdorligini oshirish, mavjud yerlardan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishga doir dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Yerlardan foydalanish va muhofaza qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Davlat yer kadastri hamda bino va inshootlar kadastrini yuritishni muvofiqlashtirish hamda nazoratini olib borish;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYAT) kiritiladigan ma’lumotlarni belgilangan tartibda tayyorlash va yuqori tashkilotiga taqdim qilinishini tashkil qilish;
Qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish.