Faoliyat

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida» 2004 yil 19 oktyabrdagi 483-sonli qarorini viloyatda bajarishini ta’minlash maqsadida, Farg’ona viloyat xokimining 2004 yil 23 oktyabrdagi 162-sonli qarori bilan Farg’ona viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi viloyatdagi 3 ta tashkilot, ya’ni «Viloyat yer resurslari boshqarmasi», «Er, binolar va inshootlar davlat kadastri bosh boshqarmasi» va «Viloyat texnik xatlovdan o’tkazish kadastr byurosi» negizlarida tashkil etildi.

“Yermulkkadastr” DK o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa me’yoriy xujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining buyruq va farmoyishlariga hamda viloyat hokimining qaror va farmoyishlariga, “Boshqarma”ning buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi.

“Yermulkkadastr” DK o‘z faoliyatini “Boshqarma”, mahalliy davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlari, jamoat uyushmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

“Yermulkkadastr” DK tuzilmasiga tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri DKlari kiradi.

Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha xizmatlar va ko‘chmas mulkka (yer uchastkalari, bino va inshootlarga) bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari tuman (shahar) “Yermulkkadastr” DKlari tomonidan “Bir oyna” tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi. “Bir oyna” bo‘limi o‘z faoliyatini “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

“Yermulkkadastr” DK moddiy-texnik taminoti xo‘jalik hisobidagi faoliyatidan tushgan mablag‘lar, tuman (shahar) “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” DKlarining ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Bugunga kadar shaxar, tuman Yer tuzish va kuchmas mulk kadastri DKlarida aloxida xonalar ajratilib, tulik kayta  jixozlantirildi va malakali mutaxassislar bilan ta’minlandi, kompyuter tizimlari yulga kuyildi. Bino – inshootlarni ruyxatga olish, baxolash va kayta baxolash ishlarini Yangi kullanmalar asosida topos’emka ishlari markazlashtirilgan bulib, malakali mutaxassislar tomonidan JPS, electron tahiometr va boshqa zamonaviy aparatlarda yuklama ishlari va kadastr s’emka ishlari olib borilayapti.

Viloyat, shaxar, tumanlar “Yermulkkadastr” DKlarining Iktisodiy kursatgichlari taxlili domiy nazoratga olingan bulib bu boradagi ishlar olib borilmokda.

Tadbirkorlarga xizmat kursatishni yanada yaxshilash jumladan: Ko’chmas mulk xuquqiga ega bulgan  yuridik va jismoniy shaxslarga kadastr hujjatlarini tayyorlash, ruyxatdan utkazish reestrlaridan ko’chirmalar berish uchun buyurtmalarni qabul qilish va bu ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar to‘plamini tekshirish, murojaat qiluvchi shaxslar tomonidan ish to‘g‘risida barcha yuzaga keladigan savollari bo‘yicha maslahatlar berish maksadida Farg’ona viloyat Yer tuzish va kuchmas mulk kadastr DKning  info@fargonakadastr.uz elektron pochtasi tashkil qilindi.

“Bir oyna” bo‘limlariga aloxida xona ajratilib, ushbu xonalar kayta ta’mirlandi, Xonalar zaruriy barcha ashyolar, xususan, zamon talablaridan javob bera oladigan kompyuter jihozlari, aloka liniyasi, Internet bilan ta’minlandi. Fukarolar tomonidan kilinadigan barcha murojatlar kurib chiqish, ularni kabul qilish, konsultatsion maslaxatlar berish ushbu bulib tomonidan amalga oshiriladi.

“Yergeodezkadastr” Davlat qo’mitasi tomonidan taqdim qilingan “Bino-inshoot” kompleks axborotlar tizimidan foydalanuvchi dasturiy ta’minot shaxar, tuman “Yermulkkadastr” DUKlariga urnatildi. SHaxar tuman “Bir oyna” bulimlari Aloqa liniyasi bilan to‘la ta’minlangan bo‘lib, har bir fuqaro va yuridik shaxslarga qulay shart sharoit yaratish hamda ularning buyurtmasiga asosan tegishli kadastr ma’lumotlarini  olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublkasi Vazirlar Maxkamasining 2014 yil 7-yanvardagi “Ko‘chmas mulkga bulgan xuquqlarni davlat ruyxatidan utkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1-sonli qaror ijrosi yuzasidan:

Tumanlar, shaxar Yer tuzish va kuchmas mulk kadastri davlat korxonalarida yer uchastkalariga, bino va inshootlarga, kup yillik daraxtlarga bulgan xukuklarni davlat ruyxatidan utkazish xamda bino va inshootlarning tegishliligi tugrisida ma’lumotnoma tayyorlash tartibi axborot tizimi kompleksidan foyladalangan xolda “Bir oyna” tamoyili asosida davlat ruyxatidan Utkazish tartibi yulga qo‘yildi.

“Bir oyna” bulimlari mutaxassislari kayta kurib chikilib, Uzbekiston Respublikasi Yer Resurslari, Geodeziya, Kartografiya va Davlat kadastri Davlat kumitasining topshirg‘iga asosan GKMM malaka oshirish maksadida o’quv kurslariga yuborildi.

Davlat ruyxatidan utkazish ishlari ananaviy qog’oz kurinishida yuritilishi bilan bir katorda  dasturi yordamida xam yuritilishi qayta ko‘rib chiqildi. “Bir oyna”  bulimlari markaziy viloyat Axborot taxlil bulimi bilan korporativ lokal tarmok orkali boglanish tezligi 2 martaga oshirilib ruyxatdan utkazish ishlari markaziy server asosida yuritilishi tezlashtirildi.

Barcha shahar, tuman Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri Davlat Korxonalari “Bir oyna” bo‘lim boshliqlarini ID.uz domenida akauntini yaratish ishlari o‘z yakuniga etkazilib, elektron pochta bilan ta’minlandi. 

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilari ham Geodeziya va Kartografiya Milliy Markaziga malaka oshirish uchun yuborildi.

Ruyxatdan o‘tkazish reestr kitoblari barcha shahar tumanlarga tarqatilib reestr kitoblarining ta’minlanganligi 100 % bajarildi.

Ko‘chmas mulkga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvoxnomalar yangilanib barcha shahar tumanlar tomonidan yangi tartibdagi guvoxnomalar mulk egalariga berib kelinmoqda.

Notarial idoralarga beriladigan ma’lumotlar nizom talablariga moslashtirilib berilib kelinmoqda.

Mulk egalari tomonidan kelib tushadigan arizalarni nazoratini kuchaytirish maqsadida arizalar reestrlari elektron kurinishga keltirilib, barcha arizalar kompyuterga kiritilib kelinmoqda

Elektron axborot almashuvini yulga kuyish maksadida VPN tarmogi orkali korporativ boglanish uchun Buxoro viloyat Solik boshkarmasiga murojat kilinganda, bu boradagi ishlar kumitalar mikiyosida kurilayotganligi bildirildi. Xozirgi kunda xududiy Solik inspeksiyalari va “Yermulkkadastr” Davlat Korxonalari o‘rtasida axborot almashuvi yulga kuyish buyicha ishlariga tayyorgarlik kurish ishlari olib borilmoqda.

Farg’ona viloyati «Er tuzish va ko’chmas mulk kadastr» DK tizimlarida 2014 yil davomida  jami xizmatlar xajmi  4 601 753 ming so’mni tashkil etdi. Jumladan toposurat ishlari 1 958 212 ming so’mni, noturar-joy bino-inshootlariga kadastr xujjati rasmiylashtirish ishlariga 781 999 ming so’m, turar-joy bino-inshootlariga 1 271 069 ming so’m bu bilan 17500 ta buyurtmachiga kadastr xizmati kursatildi. Shundan turar joylar buyicha  15200 ta, noturar-joy ob’ektlari buyicha 2300 ta buyurtmachiga xizmat kursatildi. Utgan yilga nisbatan bu kursatkich 2300 ta buyurtmachiga kup xizmat kursatildi. Rentabillik sof foyda xisobida 9 %, sof foyda 275 000 ming so’mni tashkil etdi.

Bu yil daromadimizdan 800 000 000 so’mni tizimni rivojlantirishga (ya’ni yuqori chastotalik taxeometr aparatlari, lazerni ruletka, ORG texnikalari uchun, qurilish montaj ishlari uchun), uchun sarflandi. Jumladan: 8 ta tumanda elektron taxeometr apparati, lazerni ruletka, ORG texnika apparatlari sotib olindi. 4 ta korxonada Turaqo’rg’on, Chust, Yangiqo’rg’on tumanlari va Farg’ona shaxrida bir qator qurilish montaj ishlari bajarildi. Viloyat korxonasida ham 115 000 000 so’mlik qurilish montaj ishlari bajarildi.

            «O’zbekiston milliy geografik axborot tizimini yaratish» bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 sentyabr PK-2045- sonli qarorining ijrosini ta’minlash bo’yicha mavjud ikkita xonalar talab darajasiga moslashtirilgan, internet, telefon, konditsioner, issiqlik ta’minoti va zamonaviy ORG texnikalar bilan jixozlangan. Ikkita mutaxassis ingliz tili kurslarida o’qitilmoqda. 1 km masofadan shisha tolali kabel olib kelindi va tarmoqqa ulanib talab darajasiga keltirildi. Video selektr utkazishga sharoit yaratilgan.

O’zbekiston Respublikasi «Ergeodezkadastr» davlat qo’mitasining 2014 yil 12 sentyabrdagi 12-sonli qaroriga asosan  Davlat kadastri yagona tizimi (DKYaT) ma’lumotlar bazasiga yer va bino kadastriga oid ma’lumotlar xar oyda maxsus pochta orqali Geodeziya kartografiya milliy markaziga topshirib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2014 yil 7 yanvardagi «Ko’chmas mulkka bo’lgan xuquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini takomillashtirish to’g’risida»gi 1-sonli va 2014 yil 10 iyuldagi «Kadastr xujjatlarini tayyorlash bo’yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv  tartibini takomillashtirish to’g’risida»gi 186-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash va qarorni sharxlash xamda tizimga joriy etish maqsadida «Ergeodezkadastr» davlat qo’mitasidan tashrif buyurgan bir gurux ishchi gurux a’zolari boshchiligida regional seminar o’tkazildi. Shundan so’ng xar bir tumanda o’quv amaliy seminarlar tashkil etildi. Xozirda ko’chmas-mulkga bo’lgan xuquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish ishlari ikki kun muddatda bajarilishiga qat’iy ko’rsatma berildi.  Vazirlar Maxkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-sonli qarorida ko’rsatib o’tilgan (ko’chmas mulkka bo’lgan xuquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, ipoteka va ipoteka shartnomalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, bino va inshootlrni mansubligi to’g’risida ma’lumotlar berish, begonalashtirilayotgan yoxud meros bo’yicha o’tayotgan bino-inshootlarni naturada o’rganish xamda turar-joy mavjudligi (yo’qligi) to’g’risida ma’lumotlar berish) korxonalar tomonidan  bepul amalga oshirilmoqda.

Korxona tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar uchun muddatlar ikki baravariga qisqartirildi.

Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 15 apreldagi «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini kursatish bilan bog’liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2164-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning iyul oyidan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali «Ko’chmas mulkka bo’lgan xuquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun arizalarni qabul qilish» interaktiv xizmati yo’lga quyildi. 

Mamlakatimizni rivojlantirishning 2015 yilgi iqtisodiy Dasturining eng muxim yo’nalishlari va ustivor vazifalaridan kelib chiqib, Farg’ona viloyat «Ermulkkadastr» davlat korxonasi 2015 yil «Keksalarni e’zozlash yili»da o’zining muxim va ustivor vazifalarini belgilab oldi va bularga;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Maxkamasining 2015 yil «Keksalarni e’zozlash yili davlat dasturi asosida tizimga ta’luqli topshiriqlar ijrosini so’zsiz bajarish.

«Er qonun buzilish xolatlarini oldini olish bo’yicha birinchi chorakda ishchi gurux tashkil qilish xamda tumandagi xududlarga biriktirilgan yer tuzuvchi mutaxassislarga o’quv seminarlar tashkil qilish va ishchi guruxni doimiy ishlashini ta’minlash.

Erdan noqonuniy foydalanish, uni  talon-taroj qilishning oldini olish maqsadida nazoratni

ko’chaytirish. Xar 10 kunda bitta xududni o’rganib yer qonun buzilish xolatlarini oldini olish, aniqlangan yer qonun buzilish xolatlarini bartaraf qilish.

Korxonalarda ko’chmas mulklar xissobini yuritish va mulkka bo’lgan xuquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish ma’lumotlar bazasini shakllantirish va ma’lumotlarning axborot tizimi orqali almashish dasturini to’liq ishlatish va yillik ish xajmini 2014 yiga nisbatan 2015 yilda 1.5 barobarga oshirish bo’yicha tadbirlar belgilash.

Korxonalar moddiy-texnikaviy ba’zasini mustaxkamlar, ishlab chiqarishni modernizasiyalash, soxada ishlab chiqarilgan elektron dasturlarni sifatli ishlashini yo’lga qo’yish.

O’z binosiga ega bo’lmagan va ijara xuquqidagi korxonalarga o’z binolariga ega bo’lish bo’yicha joylardagi maxalliy xokimliklar bilan xamkorlikda bino-qidirib topish, o’z balanslariga olish va bino-inshootlarni arxitektura va dizayn talablari asosida qayta ta’minlash va birinchi navbatda buyurtmachilarga qulay va sifatli zamonaviy xizmat ko’rsatish va ishchi xodimlarga ish sharoitlarini yaratish.

Raxbar va mutaxassislarning malaka saviyasi, xuquqiy ongini oshirish, xududlarda soxaning mutaxassiz kadrlarga bo’lgan talabini ta’minlash borasida Oliy va o’rta maxsus ma’lumotli yosh malakali mutaxassislarni ishga jalb qilish xodimlar orasida komp’yuter savotxonligini oshirish.

Tizimni rivojlantirish,  tadbirkorlik va kichik biznesni qo’llab-quvatlash yuridik va jismoniy shaxslarning murojatlari ijrosi bo’yicha soddalashtirilgan tizim yaratishda ishtirok etish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida qo’mita bilan yaqin xamkorlikda tegishli meyoriy xujjatlarga o’zgartirish kiritish bo’yicha takliflar tayyorlash.

Ijro intizomni mustaxkamlash korxonada ko’chli taxlil va ma’suliyat orqali sifat va ijobiy natijalarga erishish shular jumlasidan.