O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2520-sonli qarori

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.04.2016 yildagi 2520-sonli “Meva, sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi qarori qabul qilindi.

Fargona kadastrMazkur qaror ijrosi boʼyicha Vazirlar Mahkamasining 25.04.2016 yildagi “Qishloq xoʼjaligida iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish boʼyicha Respublika komissiyasi yigʼilishining” bayoniga asosan Fargʼona viloyatida sabzavot-polizchilik, bogʼdorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan jami 7246 ta fermer xoʼjaliklarining 24566 gektar yer maydonlariga uzoq muddatga ijaraga olish shartnomalari rasmiylashtirilishi belgilangan.  Topshiriq ijrosi boʼyicha yer uchastkalari maqbullashtirilgan fermer xoʼjaliklariga boshqarmaning joylardagi tuman boʼlimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 30.12.2003 yildagi 476-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Er uchastkalarini fermer xoʼjaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi toʼgʼrisida” gi Nizomning 3-boʼlim, 31-40-bandlarida belgilangan talablarga muvofiq bilan yer uchastkalarini uzoq muddatga ijaraga olish shartnomalari rasmiylashtirish ishlari amalga oshirildi.