Koreya Respublikasining «LG-LX» konsortsiumi rahbar-xodimlaridan iborat delegatsiya Fargʼona viloyatiga tashrif buyurdi.

Kuni kecha Oʼzbekiston Respublikasi “Davergeodezkadastr” qoʼmitasi tomonidan Jaxon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan «Kadastr va koʼchmas mulkni roʼyxatdan oʼtkazish tizimini modernizatsiyalash» investitsion loihasi doirasida “Kadastr va koʼchmas mulkni roʼyxatdan oʼtkazish” integratsiyalashtirilgan axborot tizimini yaratish maqsadida Fargʼona viloyatiga “Davergeodezkadastr” qoʼmitasining Xalqaro munosabatlar boʼlimi bilan birgalikda Koreya Respublikasining «LG-LX» konsortsiumi rahbar-xodimlaridan iborat delegatsiya Fargʼona viloyati Yer tuzish va koʼchmas mulk davlat korxonasiga amaliy tashrif buyurishdi.

«Kadastr va koʼchmas mulkni roʼyxatdan oʼtkazish tizimini modernizatsiyalash» investitsion loihasi doirasida “Kadastr va koʼchmas mulkni roʼyxatdan oʼtkazish” integratsiyalashtirilgan axborot tizimini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida viloyat «Yermulkkadastr» davlat korxonasining joylardagi filiallarida uchrashuvlar o’tkazildi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari viloyatning diqqatga sazovor joylarida bo’ldilar !!!