Ochiq ma’lumotlar

Hozirgi kunda davlat organlarida foydalanashuvchilarni qiziqtirishi mumkin bo’lgan ulkan axborot resurslari massivlari shakllangan.

Davlat organlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan axborotlarini ochiq ma’lumotlar sifatida e’lon qilinishi ochiq davlat boshqaruvining asosidir.

Ochiq ma’lumotlarning e’lon qilinishi va ulardan foydalana olish imkoniyatining yaratilishi tufayli davlat organlari faoliyatining shaffofligi, jamoat nazoratini amalga oshirish imkoni, shuningdek jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun yangi xizmatlar yaratilishi ta’minlanadi.

Davlat organlari faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar va axborotlarni ochiq ma’lumotlar ko’rinishida e’lon qilinishi ulardan turli axborot resurslarini shakllantirishda manbaa sifatida va axborot tizimlarini, shuningdek, ham davlat organlari, ham tadbirkorlik subyektlari uchun xizmat va ilovalar yaratishda foydalanish mumkin.

Inernet tarmog’ida keyinchalik ochiq ma’lumotlar uchun «yagona nuqta» vazifasini bajaruvchi O’zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali ishga tushirilgan bo’lib, uning asosiy maqsadi davlat organlari faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish uchun mos formatlarda taqdim etishdan iborat. Portal O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustda qabul qilingan 232-son qarori asosida faoliyat yuritadi.