PQ-3677-sonli Prezident qarori ijrosi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2018 yil 20 apreldagi PQ-3677-sonli, Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 2018 yil 30 iyundagi 493-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida “Davergeodezkadastr” qoʼmitasining 10.07.2018 yil kungi 430-sonli, Viloyat Yer resurslari va Davlat kadastri boshqarmasining 17.07.2018 yil kungi 263-sonli buyruqlari qabul qilindi hamda viloyat boshqarmasi “Аxborot taxlil” boʼlimida “Shtab” tashkil etildi.

“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auktsion orqali yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berish maqsadida 02.08.2018 yil kun xolatiga 136 dona boʼsh yer uchastkasi elektron bazaga kiritildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar hamda oʼzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʼyicha bir martalik umumdavlat aktsiyasini oʼtkazish toʼgʼrisida” gi 2018 yil 20 apreldagi PF-5421-son Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 iyundagi 461-sonli qarori asosida Fargʼona viloyati hokimining 2018 yil 30 iyundagi 325-son qarori qabul qilingan. Qarorlar ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining 2018 yil 26 iyuldagi 238-sonli buyrugʼi qabul qilindi. Ushbu buyruq asosida barcha shahar va tuman filiallari oʼzlarining buyruqlari qabul qilinib joylarda alohida shtab tashkil etildi.Viloyaya boshqarmasi Аxborot-tahlil boʼlimida maʼlumotlarni umumlashtirish uchun alohida maxsus ShTАB faoliyat yuritib kelmoqda.

2018 yil 1 iyul xolatiga qaror ijrosi boʼyicha Davlat xizmatlari markazidan jami 1609 ta murojaatlar kelib tushdi. 902 ta xolatda arizalar oʼrganib chiqilib komssiyaga taqdim etilib, komissiya tomonidan koʼirb chiqildi.99 ta xolatda arizalar rad etildi. 21 ta xolatda fuqarolarga aktsiya belgilanib, egalik xuquqini eʼtirof etish boʼyicha shahar va tuman xokimlarining qarorlari qabul qilindi.