Vazifa va funksiyalar

«Yermulkkadastr» davlat korxonasini asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • yer uchastkalari, bino va inshootlar hamda koʼp yillik daraxtlarga boʼlgan huquqlar, ularning bir huquq egasidan boshqasiga oʼtishi, tugatilishi, yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʼp yillik dov-daraxtlarga boʼlgan huquqlarning cheklanishi tugʼrisida avtomatlashtirilgan maʼlumotlar bazasini yaratish va yuritish;
  • davlat yer kadastri, bino va inshootlar davlat kadastri maʼlumotlari tugʼrisida avtomatlashtirilgan maʼlumotlar bazasini yaratish va yuritish;
  • davlat yer kadastri, bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish bilan bogʼliq; ishlarni tashkil etadi;
  • axborot kommunikatsiya texnologiyasidan foydalangan xolda interaktiv xizmatlarini koʼrsatish.
  • «Ermulkkadastr» davlat korxonasi oʼziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
  • viloyatdagi shaxar va tuman yer tuzish va koʼchmas mulk kadastri davlat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
  • yer tuzish ishlarni amalga oshirish, yer ajratish uchun zarur boʼlgan materiallarni tayyorlash;
  • davlat yer kadastri, bino va inshootlar davlat kadastri maʼlumotlar bazalarini yaratish va aktual xolatda tutish, tezkor ravishda yangilab borish hamda uning zamonaviy saviyada boʼlishini taʼminlash;
  • topografiya, geodeziya va kadastr sʼyomka ishlarini bajarish: yer uchastkalari, bino va inshootlarni planlari, kadastr indeks elektron xaritalarini tuzish va yuritishni tashkil qilish;
  • yer uchastkalari, bino va inshootlarni inventarizatsiyalash ishlarini tashkil qilish;
  • bino va inshootlarni solikka tortish maksadida baxolash va qayta baxolash ishlarini tashkil qilish;
  • yer uchastkalari, bino va inshootlar hamda koʼp yillik dov-daraxtlarga boʼlgan huquqlarni hamda ular bilan bogʼliq bitimlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish ishlarini tashkil etish;
  • maʼmuriy-xududiy tuzilmalarning chegaralarini aniqlash va belgilash ishlarida ishtirok etish;
  • davlat xokimiyati va boshqaruv organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan tartibda zarur kadastr maʼlumotlari bilan taʼminlash;
  • viloyatdagi yer tuzish va koʼchmas mulk kadastri davlat korxonalarini zaruriy meʼyoriy-texnik xujjatlar bilan taʼminlashni tashkil etish;
  • xodimlarning malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va uqitish ishlarini tashkil qilish;
  • viloyatdagi yer tuzish va koʼchmas mulk kadastri faoliyatida yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish;

«Ergeodezkadastr» davlat qoʼmitasi, boshqarma, statistika va boshqa davlat organlariga belgilangan tartibda xisobotlar taqdim etish;

  • Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan maʼlumotlarni taqdim etish;
  • oʼz faoliyati doirasida qonun xujjatlari talablarining buzilishi xollari tugʼrisida tegishli davlat kokimiyati va davlat boshqaruvi organlarini, hamda yuridik va jismoniy shaxslarni xabardor etish;
  • kadastr xujjatlari va maʼlumotlarini ruxsatsiz olish va oshkor etishdan belgilangan tartibda ximoya etishni taʼminlash;
  • arxiv ishini belgilangan tartibda tashkil etish va yuritish; kompьyuterlashtirilgan maʼlumotlar bazasini yaratish va yuritish, shu bilan bogʼliq maʼlumotlarni umumlashtirilgan xolda, belgilangan tartibda va muddatlarda “Ergeodezkadastr” davlat qoʼmitasiga taqdim etib borish;
  • oʼz faoliyati doirasida yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda konsalting xizmatlarini koʼrsatish;
  • shaxar va tuman yer tuzish va koʼchmas mulk kadastri davlat korxonalarining ishlab chiqarish-xoʼjalik faoliyatlarini tasdiqlangan rejaga muvofiq, zarur xollarda esa rejadan tashqari tekshirish;
  • shaxar va tuman yer tuzish va koʼchmas mulk kadastri davlat korxonalarining mutaxassis-xodimlarini tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq davriy ravishda attestatsiyadan oʼtkazish;
  • shaxar va tuman yer tuzish va koʼmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan tayyorlangan kadastr xujjatlarni tanlab olish yoʼli bilan ekspertizadan oʼtkazish.
  • «Ermulkkadastr» davlat korxonasi oʼz vakolat doirasida boshqa funktsiyalarni xam amalga oshirishi mumkin.