Tekshirishlarni muvofiqlashtirish Nizomida o’zgarishlar.

yuridik shaxslar faoliyatida oʼtkaziladigan tekshirishlar Nizomi
yuridik shaxslar faoliyatida oʼtkaziladigan tekshirishlar Nizomi

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2015 yil 2 iyundagi 1-sonli qaroriga asosan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subʼektlari – yuridik shaxslar faoliyatida oʼtkaziladigan tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi toʼgʼrisida” gi Nizomga (Аdliya vazirligida roʼyxat raqami 1573-9, 2015 yil 18 iyun) qoʼshimcha kiritildi.

Unga koʼra, “Ergeodezkadastr” davlat qoʼmitasi va uning xududiy idoralariga qonun xujjatlari bilan yuklatilgan nazorat vazifalarini jumladan, tadbirkorlik subʼektlari — yuridik shaxslarda yerdan maqsadli foydalanilishi, ijara shartnomalaridagi majburiyatlari asosida qishloq xoʼjalik ekinlarini (gʼoʼza, don va boshqa ekinlarni) ekish boʼyicha oʼrnatilgan talablarga rioya etilishini nazorat qilishni Kengash bilan qoʼshimcha kelishuvsiz amalga oshirishga ruxsat berildi.