Yozyovon tumanida sayyor qabul o’tkazildi

«Davyergeodezkadastr» qoʼmitasi tomonidan tasdiqlangan reja grafikka asosan bugun Yozyovon tumanida Jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida Sayyor qabul boʼlib oʼtdi. Mazkur sayyor qabulda Jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillari tomonidan yer maydonlarini ajratish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish, huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish bilan bogʼliq murojaatlar qonunda belgilangan tartibda koʼrib chiqilib, ijobiy yechimi topilib, tegishli tushuncha va koʼrsatmalar berildi.
Viloyat Yermulkkadastr davlat korxonasi Matbuot xizmati.