Соҳамиз Фаҳрий-Илғори

Karimov Latifjon Tursunboevich 1963 yil 29 mayda Fargʼona viloyati Oxunboboev tumanida tavallud topgan.

U oʼz ish faoliyatini 1980 yilda “Uzgiprozem” loyiha instituti Fargʼona filialida dala ishchisi vazifasidan boshlagan. 1981-1986 yillarda Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti taxsil olgan. 1986 yildan 2013 yilga qadar tizimda turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan. 2013 yildan shu kunga qadar Fargʼona viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasida bosh mutaxassis lavozimida oʼz faoliyatini yuritib kelmoqda.

U oʼz ish faoliyati davomida haqiqiy mehnatsevar, oʼz ishiga fidoiy, ochiqkoʼngli, kamtarin rahbar, xodim boʼlib ishlab keldi. Oʼtgan ish faoliyati davrida sohaga oid qabul qilingan qonun, qaror, farmoyishlar asosida ish yuritib kelib, soha faoliyati, ravnaqi uchun oʼzining ulkan hissalarini qoʼshib keldi.

Аyniqsa ish faoliyati davomida “Ustoz-shogird” anʼanasiga rioya qilgan holda koʼplab shogirdlar tayyorladi.

«Ustoz» soʼzi oʼzbek tilining izohli lugʼatida yoʼl-yoʼriq koʼrsatuvchi, tarbiyalovchi, murabbiy, rahnamo, oʼqituvchi, muallim degan maʼnolarni anglatishi yozilgan. Demak, «ustoz» nomi keng maʼnoli soʼz boʼlib, bu nomga muyassar boʼlgan kishiga har tomonlama yuksak masʼuliyat yuklatiladi. Shuning uchun ham xalq orasida «Ustoz koʼrgan», «Ustoz koʼrmagan shogird har maqomga yoʼrgʼalar», «Taʼlim bergan ustozingga rahmat» kabi ibratli naqllar koʼplab bor. Buning maʼnosi shuki, har qanday kasb sohibi ustozsiz shakllanmaydi, hayotdan oʼz oʼrnini topa olmaydi. Qadim Sharq xalqlarida ustoz, pir, murshid, murabbiy, mudarris, muallim, tarbiyachi nomlari bilan yuritiluvchi zotlarning izzati va hurmati hamisha yuqori boʼlgan. Inson oʼzini anglagan davrdan ustozlarga suyangan, ulardan maʼnaviy qudrat olgan. Аgar iqtidorli ustoz oʼz maktabini yaratmasa, oʼzidan keyin bilimdon, isteʼdodli shogirdlar qoldirmasa, uning hayoti, umri besamar oʼtgan boʼladi. Ustoz qanchalik buyuk boʼlmasin, maktab taʼlimida qanchalik yutuqlarga erishmasin, oʼz bilim tajribasini ishonchli shogirdlarda qoldirmasa, uning erishgan yutuqlari suvga tushgan toshday izsiz yoʼqoladi.

Buyuk Bobokalonimiz hazrat Navoiy bu borada quyidagi misrani bitgan edi:

“Hunarni asrabon netkumdir oxir,

Olib tuproqqamu ketgumdir oxir”.

Karimov Latifjon Tursunboevich yuqoridagi misralarga toʼliq yondoshgan holda yosh kadrlarni tanlagan mutaxassisligi boʼyicha chuqur bilim va koʼnikmalarga boyitib kelмoqda.

Eng asosiysi oilaparvar, 4 nafar farzandning suyukli otasi.